Fellini

Nazim Abbasov (O’zbekiston)

Davomiyligi: 76 min

Yil: 1999

Fellini

Iyun 13, 2020 - Iyun 19, 2020

Qoraqalpoq shahrida eski bir kinoteatr so'nggi kunlarini o'tkazmoqda. Bir paytlar bu joyda hayot o‘zgacha tus olgan, kino esa gullab-yashnagan kinoteatr Orol dengizining qirg‘og‘ida joylashgan edi. Ammo, Orol dengizi quridi va mamlakat o'zgardi. Ushbu film kinoteatr egasi, Fellini laqabli mexanikka bag'ishlangan.

Nazim Abbasov

Fellini. Bashorat qiluvchi tush kabi kino

Nozim Abbosovning 1999 yilda olingan “Fellini” filmining nomi o‘zining buyuk sohibiga taalluqli bo‘lmagan holatda ishlatilganida g‘alati eshitiladi. Lekin shaffof niqob ostida uning tasviri beixtiyor tomoshabin hamda film o‘rtasidagi borliqda namoyon bo‘ladi va tomoshabin ko‘z o‘ngida timsollar va fikrlarni namoyon etadi, kino va borliq chegarasida taqdirlar, personajlar, tarixiy va badiiy to‘qima voqeliklarni tomosha qilishga jalb etadi.

Esse

Valeriya Kim, CCA LAB ishtrokchi

Yer suvsizlikdan qurib borayotgan, suv o‘zining tanqisligi bilan kislorodni bo‘g‘ayotgan muhitdagi tabiiy sharoitning o‘zi, bo‘lib o‘tayotgan voqealarning sahnalashtirilgan va hayajonli g‘ayritabiiyligini ta'minlaydi. Syujetning xayoliy ekanligi to‘g‘risidagi hissiyot paydo bo‘ladi, buning natijasida esa voqealar g‘ayritabiiy tarzda sodir bo‘ladi. Ekrandagi notanish odamlar xuddi qadrdonday tuyuladi va ularning xatti-harakatlarini birdan qat'iy hayotiy mantiq darajasida tahlili eta boshlaysiz. Umumiy talato‘p va charchoqda hayotning past chastotasiga mo‘ljallangan o‘lchov usuli seziladi. Kino kechinma sifatida qabul qilinib bu yerda ichki omil, keng qamrovli va tektonik harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin etiladi.

Qahramonlar rasmiy tanishuvlarni bir chetga surib, tomoshabinni Qoraqalpog‘istonning chekka hududida ro‘y berayotgan voqealarning shiddatli oqimiga g‘arq etadilar. Mahalliy Fellinini kuzatish jarayonida u o‘zining qorong‘u va kichkina tashlandiq kinoteatridan kuzatib turishga modatlangan filmning o‘ziga tortuvchi haqiqiy sehrli sarob kabi sarguzashtlariga oshno bo‘lasiz. Bu kinoteatrda uning hayoti mazmun kashf etdi, o‘ylab topilgan xayoliy borliq uni o‘ziga rom etdi va unga qorong‘ulikda yangi turarlikni topishga va yangi o‘zligini anglash imkoniyatini berganday bo‘ldi. Ramziy ma'noda Fellinining butun kartina davomida barpo etilgan, ongining yangi irmoqlarini topish va qutqaruv kemalari to‘g‘risidagi yangi xomxayollarni o‘ylab topish (balki o‘ylamaslik)natijasida shakllangan  bu ichki muvozanatining buzilishi u uchun umumiy borliq hayot tarzining buzilishiga olib keladi.

Kinoda xuddi hayotdagi kabi ko‘p voqealar sodir bo‘ladi yoki hech narsa sodir bo‘lmaydi. Yassi ekranda sodir bo‘layotgan voqealarning jo‘shqinligi tomoshabindan yumshoq o‘rindiqqa yastanib, yorqin xotiralarning mavjud emasligi murakkab his-tuyg‘ular uchun kengroq imkon yaratishni e'tiborga olgan holda shaxsiy hayolilarga berilish uchun kengroq imkon beradi.   Kino va borliqning aloqasi to‘liq tadqiq etilmagan deb hisoblash mumkin, lekin bu aloqa tasavvur etilganidan ko‘ra chambarchasroqdir. Badiiy to‘qima timsol bo‘lgan Fellini, lekin Federiko emas, o‘zining turli kino lentalarini ulab yamashdan hosil bo‘lgan qo‘lbola kadrlari orasida haqiqiy Felliniga tegishli bo‘lgan o‘ta sehrli kadrlarni tomoshabin ko‘z o‘ngidan o‘tkazadi.  Bu tuturiqsiz sehr barcha davrlarning eng maroqli ixtirosidir.