Nazim Abbasov

O‘zbek rejisseri.1958 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.1984 yilda VGIKning san'atshunoslik fakul'tetini tamomlagan. Abbasov dunyoviy shaxs bo‘lib, u filmlarida nafaqat O‘rta Osiyo so‘fiylari hayoti va urf-odtlarini, balki, ularning sirli marosimlarini suratga olishga muvaffaq bo‘ladi, bundan tashqari, ularga bag‘ishlangan film yaratish davomida zikr, darveshlik quvonchlari va bularni qanday bajarilishida ishtirok etish uchun ruxsat olishga erishadi. Rejisserning so‘zlariga ko‘ra, ruhiy izlanish muhitini hech qanday ortiqcha ahamiyatlarsiz va o‘zining fikrlarini qo‘shmasdan ko‘rganlarini shunchaki tasvirga olib yetkazishga urindi.

Filmlar

Fellini

Davomiyligi: 76 min

Yil: 1999

Qoraqalpoq shahrida eski bir kinoteatr so'nggi kunlarini o'tkazmoqda. Bir paytlar bu joyda hayot o‘zgacha tus olgan, kino esa gullab-yashnagan kinoteatr Orol dengizining qirg‘og‘ida joylashgan edi. Ammo, Orol dengizi quridi va mamlakat o'zgardi. Ushbu film kinoteatr egasi, Fellini laqabli mexanikka bag'ishlangan.