Toshkentdagi Zamonaviy san‘at markazi – Markaziy Osiyoda zamonaviy madaniyatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun yangi maydondir. Kelajakda Zamonaviy san‘at markaziga aylantiriladigan ushbu bino 1912 yilda qurilgan. Bu yerda inqilobdan avval, shaharning birinchi tramvay yo‘nalishi uchun enegriya yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi dizel elektr stansiyasi mavjud edi. Aynan shu yerdan Toshkent shahrini elektr bilan ta‘minlash boshlangan. Hozirda, bu joyda yangi O‘zbekistonning yangi badiiy muhitini shakillantirish ishlari boshlanmoqda. Binoni ta‘mirlash ishlari 2022 yilning oxirida boshlanadi.