Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi

1912 yilda qurilgan eski dizel elektr stantsiyasi hozirgi Zamonaviy san’at markazi.

Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi - Markaziy Osiyoda zamonaviy madaniyatni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash uchun yangi maydondir. Kelajakda Zamonaviy san’at markaziga aylantiriladigan ushbu bino 1912 yilda qurilgan. Bu yerda inqilobdan avval, shaharning birinchi tramvay yo’nalishi uchun enegriya yoqilg’isi ishlab chiqaruvchi dizel elektr stansiyasi mavjud edi. Aynan shu yerdan Toshkent shahrini elektr bilan ta’minlash boshlangan. Hozirda, bu joyda yangi O’zbekistonning yangi badiiy muhitini shakillantirish ishlari boshlanmoqda. Binoni ta’mirlash ishlari 2022 yilning oxirida boshlanadi.

Bu yilning boshida, rekonstruktsiya ishlari boshlanishidan avval, markaz sinov shaklida 

faoliyatini boshlagan edi. CCA LAB uning birinchi loyihalaridan biri hisoblanadi. 2020 yil mart oyida boshlangan ushbu tadqiqot laboratoriyasi O’zbekistondagi zamonaviy san’at va madaniy amaliyotni rivojlantirish, shuningdek, yangi o’qish va mintaqaning badiiy merosi haqida yangi tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan.

CCA LAB ishtirokchilari xalqaro kuratorlarning rahbarligi ostida turli loyihalar ustida ishlab, amaliy tajribaga ega bo’ladilar, bundan tashqari, “Tashkent Encounters” deb nomlangan qator mavzulardagi musiqa, kino va arxitektura bo’yicha mutaxassisliklararo uchrashuvlarda ishtirok etadilar.