Shveytsariyada o‘tkazilgan Design Miami/Basel 16-ko‘rgazmasida Jamg‘arma Fransiyaning Studio KO me’morchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining me’morchilik konsepsiyasini taqdim etdi.
Dizayn Mayami/Bazel (DM/B) 30 dan ortiq xalqaro galereya va dizaynerlar tarkibidan iborat yetakchi dizayn yarmarkasidir. U sara to‘plamlar dizayni, innovatsion konsepsiyalar, me’moriy kashfiyotlar va bir qator jonli suhbatlar orqali dunyoni birlashtiradi va Art Bazel bilan parallel ravishda bo‘lib o‘tadi. Bu yil ko‘rgazma kurator Mariya Kristina Didero tomonidan mualliflik qilingan “Oltin asr”mavzusiga bag‘ishlandi.
Maxsus loyihalar sho’basi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashrif buyuruvchilarga Studio KO tomonidan Toshkentdagi 1912-yilda qurilgan dastlab g‘ishtdan qurilgan, O‘zbekiston poytaxtidagi birinchi tramvay yo‘nalishini ta’minlab, dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan binoni ta’mirlash uchun ishlab chiqilgan me’morchilik konsepsiyasini namoyish etdi.
Konsepsiyani ishlab chiqishda KO Studiosi maket bo‘yicha rassom va “Atelier Misto” asoschisi Mitze Muchiarelliga maketni yaratish loyihani ishlab chiqishda qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi masala bilan murojaat qildi. Yog‘och va sun’iy toshning bir turi hisoblanmish qora koriandan konseptual model yaratilgandan so‘ng ikki oy o‘tgach, yakuniy 1:100 miqyosli loyiha nusxasi yaratildi, u tayyor binoning markazida o‘z o‘rnini egallaydi. Taqdimnomada tashrif buyuruvchilar markazning 3D-modelini ko‘rib, jamg‘armaning mintaqada o‘ziga xos maskanni yaratishga oid pirovard maqsadi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldilar.
“Zamonaviy madaniy muassasalar rassomlar va turli toifadagi tashrif buyuruvchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan murakkab ekotizimlar silsilasidir. Studio KO bilan hamkorligimiz Zamonaviy sanʼat markazini turli ixtisoslikdagi amaliyotchilar oʻzlarini izhor etish va oʻz ijodlarini Oʻzbekiston va butun dunyodan kelgan tashrif buyuruvchilar bilan baham koʻrishlari mumkin boʻlgan bag‘rikenglik makoniga aylantiradi. Toshkent shahridagi tarixiy binoda joylashgan Markaz loyihasi texnologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi so‘nggi yutuqlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda, bu O‘zbekistonda ekologik va innovatsion madaniyat muhitini yaratishga xizmat qiladi”, — Gayane Umerova, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori.
“Mahalliy aholiga xizmat koʻrsatishi kutilayotgan Zamonaviy sanʼat markazi binosi sanoat meʼmorchiligining qiziqarli namunasi boʻlib, uning qanday vazifalarni bajara olishi va qisqa vaqt ichida tegishli natijaga erishish yo‘llari haqida mushohada yuritish biz uchun qiziq edi, chunki shahar bu kabi makonga o‘ta muhtoj. Jamg‘arma vakillari O‘zbekiston madaniyati uchun keskin tafovut va rangning ahamiyatiga urg‘u berdilar va biz asta-sekin loyihaning yakuniy ko‘rinishi yuqorida keltirilgan barcha mezonlarni uyg‘unlashtirishi lozimligini anglab yetdik. O‘z loyihamizda biz atrof-muhit tafovutini aks ettirishda nozik usulni topishga hamda davrlar va texnikalar to‘qnashuvi haqida so‘z yuritishda muloyimlikdan foydalanishga harakat qildik. Metal biz uchun eng monand ashyo bo‘lib tuyuldi – uni eritish mumkin, kesish mumkin, u o‘ziga xos amaldagi olov jodusidur”, - Studio KO asoschilari Kar Furnye va Olivye Marti.
Zamonaviy san’at markazi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. U ilk bor 2019 yilda ochilib, Toshkent badiiy hayotining qaysidir ma’noda o‘ziga rom etuvchi markaziga aylanib ulgurdi. Tarixiy bino qayta qurib bitkazilganidan so‘ng u mamlakatdagi birinchi zamonaviy san’at markaziga, shaharning madaniy, me’moriy va tarixiy maskaniga aylanadi. Zamonaviy san’at markazida Toshkentning rang-barang badiiy hayotini shakllantiruvchi ko‘rgazmalar, taklif etilgan rassom va kuratorlar bilan ma’ruza, ochiq suhbat va uchrashuvlar o‘tkaziladi.