Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrining tarixiy mahallalarini, ularning noyobligi va madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha o‘z ishlarini davom ettirmoqda.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrining tarixiy mahallalarini, ularning noyobligi va madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha o‘z ishlarini davom ettirmoqda.

Xabarni baham qiling

Art-rezidensiyalar

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrining tarixiy mahallalarini, ularning noyobligi va madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha o‘z ishlarini davom ettirmoqda. Shu maqsadda Toshkentning eski shahar hududida ikkita art-rezidensiyalar barpo etiladi. Ushbu loyiha Marokashdagi “Studio KO” me’morchilik byurosi bilan hamkorlikda mesenatlik vositalari ko‘magida amalga oshiriladi.

Birinchi san’at dargohi “Namuna” mahallasida joylashgan hamda shu maqsadda an’anaviy me’moriy ko‘rinishini saqlab qolgan holda maxsus restavratsiya qilingan “Matkarimboy” madrasasidir. Ikkinchisi “Hast Imom” mahallasida joylashgan sobiq maktabgacha ta’lim muassasasi binosi hisoblanadi.

Butun dunyodagi art-rezidensiyalar eski shaharlar hududlarida mavjud bo‘lgan o‘ziga xoslikni saqlab qolishga, rassomlarning hamkorligi va ijodiy loyihalarni birgalikda yaratishlari uchun umumiy maydon sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, o‘z hududida muzeylar, kutubxonalar, ijodiy ustaxonalar, galereyalari mavjud bo‘lgan, rassomlar va tomoshabinlar uchrashuv joyi ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mamlakatning madaniy merosini saqlash kabi g‘oyalarni ilgari suruvchi insonlarni birlashtiradi.