May 08, 2020 - Iyun 23, 2020
O'n bir yoshli Mirlan o'n besh yoshdan o'n olti yoshga to‘layotgan qizaloq Aynurga oshiq. Ular ko'p vaqtni birgalikda o'tkazadilar, belanchakda uchadilar. Hayot ham o‘z yo‘lida osuda o‘tib borar edi. Ammo bir kuni, qishloqlariga bir dengizchi yigit keladi va Aynur bilan ucharasha boshlaydi. Mirlanning yuragi sog'inchdan eziladi, nihoyat, u bor alamini uyning devori yuzasiga rasm chizishdan oladi.
Roman Yegorov va Mumtoz Ashrafxanova, CCA LAB ishtirokchilari
- “Kyrgyzcinema” veb-saytida “Selkinchek” filmi badiiylik, teatr va professional akterlarning ishtirokisiz tasvirga olingani ko`rsatilgan. Sovet ittifoqi vaqtida bu mumtoz san`atga qarshi norozilik sifatida qaralgani to`g`risida juda ko`p fikrlar bor, ammo siz o`z ijodingizni chuqur tahlil qilmasdan shunchaki, nimani his qilgan bo`lsangiz shundayligicha tasvirga olganmisiz?
- "Selkinchek" nazarimda bu, norozilik emas, balki, ehtimol u barcha kamchiliklarni plyuslarga aylantirishdagi urinishda o`ziga qarshi kurashdir. Kam xarj byudjet, arzon-garov oq-qora rangli plyonka, shtativ va konvakar, yorituvchi dastgohlar o`rniga – kunduzgi tabiiy yorug`lik, beo`xshov tabiyat, qor o`rniga shamol jo`sh urmoqda, bu har bir epizodda sezilib turadi, shu bilan birga bu kadrning nafasini yaratadi. Tasvirga olish jarayonida ular belgilangan senariydan voz kechishib, ichi sezgi, idrok va ilhomga tayanishdi. Men qadirlaydigan yagona narsa ijodkor sifatida birinchi kasbimdir. "O`pish, o`pish emas" - biz tasvir elementlarini, ularning o`zaro bog`liqligi va izchilligini shunday aniqladik, buni biz kinomatogrfik obrazlarning bir turi deb bilamiz. Qiz va belanchak, katta boshli bola va dengizchi, loy tog`lar va qobiq, devorlarning oqligi va ko`mirdek ko`rinish, qari daraxtlar, chang va tuproqqa qadalib qolish, nazarlardan qochish - bularning hammasi "o`pish" emasmi? Endi tahlil qilar ekanman, bularning hammasi ongsiz norozilikning bir turi bo`lib, u ongli ravishda norozilikdan kelib chiqadi. Ammo bolalik haqidagi "Selkinchek" filmida umuman ranglar yo`q.
- Siz o`zingizning xotiralaringiz yanada rangsiz ekanligini ta`kidladingiz, "Beshkempir" filmida siz kul rang haqiqatda ba`zi narsalar aniq ko`rinib turgan texnikadan foydalangansiz. Ammo bolalik haqidagi "Selkinchek" filmida umuman ranglar yo`q. Bolalikni qanday rang yoki ranglar bilan bog`laysiz?
- Agar mening xotiralarim harakatlarga o`xshash bo`lsa, unda ular bir xil rangdagi yorug`likni o`z ichiga olgan monoxromdir. Xotiramdagi his-tuyg`ular shubhasiz yorqin ranglarda. Menimcha, miyaning o`zi ma`lumotni qanday saqlashni o`zi biladi. Biz instinktlarni yo`q qildik, tafakkurimizning mantig`ini tushunishga harakat qilmaymiz, instinktlarimizni butunlay e`tiborsiz qoldiramiz va o`zimizga kamroq ishonamiz. Globallashuv hamma narsani, shu jumladan insonni birlashtiradi. "Selkinchek" bu qalbning paydo bo`lishiga qaytish, oq va qora rangdagi kino klassikasiga bo`lgan hurmatdir, bu esa yo`qolgan his-tuyg`ularni yorug`lik va soyada tiklash imkoniyatini beradi. Mening bolaligim oq rang bilan bog`liq: uyning devorlari, gullaydigan olma daraxtlari, buvimning oq ro`moli... Ba`zi sabablarga ko`ra, o`sha uzoq kunlar oqarib, keksayib, oqib ketganday tuyuladi. "Selkinchek"dagi hikoyada sokinlikni oq rangda ko`rsatib, o`z his-tuyg`ularimni aks ettirishga harakat qildim.
- "Selkinchek" filmini tasvirga olish jarayonida nimani o`rgandingiz, bu tajribadan hanuzgacha foydalanasizmi?
- Film kuchli shamol bilan boshlanadi. Mahalliy aholi uni bahor xabarchisi deb atashadi. Bu shamol chang bo`ronini ko`tarib, tom ma`noda hamma narsani tozalaydi va yangilanish vaqti kelganini anglatadi. Tabiatning bu hodisasi go`yo meni urgandek. "Selkinchek" esa mening biologik mohiyatimni fosh qilib, qalbga ta`sir qildi. Keyin men soda bo`lib qolishdagi qo`rquvlarimni to`xtatdim, jasur ifoda etish hissi ishonchiga ega bo`ldim va uning ajoyib belgilarini ko`rdim, detallar, tabiat, syujetdan syujetgacha, bu mening ekrandagi tajribamni yaratdi. Ko`k-Moynokga kelganimizda, uzoq vaqtdan davomida tasvirga olishni boshlay olmadik va faqat qobiq bilan g`oya paydo bo`lganida, biz tasvirlarni chiqara boshladik. Film chiqqanidan keyin tasodifan mifologiyada qobiq “Qodir Tangrining lablari” degan ma`noni anglatishini o`qib qoldim, bu tinglovchini mulohazaga undaydi. Bu satrlarni yozar ekanman, derazadan tashqarida shamol esardi. Mening fikrimcha, ba`zida mikrokosmosimiz makrokosmik koinot bilan aloqa qilganda, "pastga qarab, tepani ko`rish"dek holatni anglatadi - bu holat esa buyuk ilhomdir. Uni qanday topish mumkinligi haqida hech qanday formulalar yo`q, lekin men uni osonlikcha yo`qolishini aniq bilaman.
- Biz, yosh davlatlarda tug`ilgan avlodlar sifatida, endi mavjud bo`lmagan mamlakatdan kelib nima bo`lishini tushunmaymiz. Shu munosabat bilan, men "Selkinchek" filmidagi qahramonlaringiz boshqa vaqt oralig`ida tug`ilganmikin, deb so`ramoqchiman, keyinchalik, qahramonlar o`zlari o`zgaradimi yoki bunga juda oz vaqt sarflandimi?
- “Seni uying qayerda, shilliqurt?” bu Rolan Bikov markazida Ittifoqdosh Goskino tomonidan moliyalashtirilgan Tolomush Okeev studiyasida suratga olingan mening birinchi to`liq metrajli filmimning nomi shunday edi. Bu o`z ijodiy iste`dodimi isbotlash uchun yaxshi imkoniyat edi. Maqsadga erishish yo`lida o`z-o`zidan yoqimsiz holatlar, umidsizlik bo`ladi albatta, ammo ushbu tajriba siz uchun nimani anglatishini bilsangiz va bu narsa sizning hayotingizga qanday ta`sir qilishi kerakligini bilsangiz, unda har bir qadamingizda ko`tarilib boradigan haqiqiy o`zligingizni anglash narvonini shakllanib boradi. SSSR parchalanib ketgach, barchamizning Sovet Ittifoqi o`tmishlarimiz buzib, kataklizm epitsentrida qolib ketdik. Ushbu notinch davrda "Selkinchek" yangi qirg`iz kinosida o`ziga xoslikni izlash sifatida paydo bo`ldi. Filmda aniq bir ildizga ega bo`lgan daraxtlar paydo bo`lganligi bejiz emas, bu ildizlarga qaytishda ramziy ma`noni anglatadi. Mening qahramonlarim boshqa vaqt ichida nima bo`lishi mumkinligini taxmin qilish, menimcha, unchalik samarali emas, agar u Sovetdagi "Shilliqurt" bo`lmaganda edi, mustaqil "Selkinchek" ham bo`lmas edi.
- Siz rejissyorlarning ismlari va filmlarning nomlari esingizda yo`qligini va birovning san`ati orqali to`plangan tajriba hayotingizda juda ahamiyatsiz ekanligini aytdingiz. Sizning fikringizcha, odamlar sizni yaxshiroq tushunishi uchun o`z hayotidan o`tishi kerak bo`lgan biron bir voqea bormi?
- Odamzotda bolalik, o`smirlik va yoshlik davrida vujudga kelgan kamchilik jamlanmasi bo`lishi kerak. Bu salbiy hodisa sifatida emas, balki hayot maqsadlariga erishish uchun turtki bo`lishi kerak. Mukammallikka erishish yo`lida u ustunlik komplekslariga tayanmasligi va atrofdagi odamlar ustidan muvozanatni, hayotning amplitudasini kuzatib, kuch ishlatishga intilmasligi kerak. Turindagi namoyishlardan so`ng tomoshabinlardan biri menga yaqinlashdi va o`zini Pyera Paolo Pazolinining ikkinchi rejissyori sifatida tanishtirdi. Hozir ismni eslay olmayman, lekin uning aql-zakovati, muomila madaniyati va film tahlillari meni hayratga solardi. Ammo, eng muhimi, u filmni diqqat bilan tomosha qilgani hayratda qoldirdi va uning savollaridan biri meni ranjitdi. Gap film yakunidagi "belanchakdagi qiz" bolaning rasmini chizishi haqida edi va u kimdir rasmni to`g`irlaganmi deb so`radi. Pastanovkachi-rassom Talgat Asirankulov bir nechta o`zgartirishlar kiritganini esladim va bu odam buni darrov payqadi va rassom buni behuda qilib, shu bilan birga bolaning buyuk holatini buzgandi. Boshqa mentalitetga mansub bo`lgan bu italyan "Selkinchek"ni yaratuvchilardan ko`ra ko`proq tushunadigan va his qilganga o`xshardi.
- Bir safar siz "muallif kinosi muloqotni anglatadi" deb aytgandingiz. Qirg`iz tomoshabinlari sizning filmlaringizga qanday munosabat bildirayotgani sezasizmi? Avval kim bilan gaplashasiz?
- Fikrimcha filmlarimning mahalliy muxlislari ancha ko`p. Albatta, namoishdan oldin hatto reklama xarajatlarini qoplamaydilar, ammo biz har bir yangi filmni teatrlarda namoyish etishga harakat qilamiz. Tomoshabinlarni shubha ostiga qo`ymaslik uchun kurashish juda muhimdir albatta. Yangi texnologiyalar paydo bo`lishi va kino ishlab chiqarishni soddalashtirish bilan mamlakatimizda bizning sohamizni biznes deb biladigan kino ijodkorlar paydo bo`la boshladi. Ularning ishlariga boshqacha munosabatda bo`lish mumkin, ammo bittasida ular ishi muvaffaqiyatli bo`lgan va buning uchun ularga minnatdorchilik bildirishga arziydi. Bu yigitlar tomoshabinlarni kinoteatrlarga qaytarishdi, yangi kinozallar ochildi va bu uchun qisman ularga raxmat. Har doim ham san`at va tijorat bir-biriga ziddir. G`arb mamlakatlarida avtoulov kinosi uchun qonunlar, muqobil kinoteatrlar, ishlab chiqarish va tarqatishni moliyalashtiradigan turli xil markazlar va fondlar ko`rinishida har xil himoya turlari mavjud. Va biz ushbu tajribadan asosiy oqimini cheklashni o`rganishimiz kerak. Taslim bo`lganingizda va tushkunlikka tushganingizda esa tasodifiy yo`lovchilar kechirim so`rab, sizni to`xtatib, "filmlaringiz uchun rahmat" deb aytishlari mumkin va siz hayotga qaytarsiz ham. Ammo ularning ko`pchiligini tan olishmaydi, aks holda ular mening tomoshabinlarim va men ular bilan muloqotga kirishaman.
- Bir intervyusida siz "haqiqatni aytganda - sizni hech kim yaxshiko`rmaydi" deb aytdingiz, agar siz hozir bunga rozi bo`lsangiz, aytingchi, Markaziy Osiyoda o`ylaganingizdek, bu fikr oxirgi 20 yil ichida dolzarb bo`lib qoldi, yoki odamlar haqiqatga osonroq javob berishniboshlashdimi?
- Haqiqat hamisha dolzarbdir. Markaziy Osiyoning soxta demokratik davlatlari undan xalos bo`lish uchun har tomonlama harakat qilmoqda, shu bilan birga hukumat elitasining g`ayritabiiy axloqiy va ma`naviy holatlarini ko`rsatishmoqda. Haqiqat faqat tahliliy mulohaza bilan mavjud bo`lolmaydi. Bu, birinchi navbatda, hayotning to`liqligi, axloq va adolatga rioya qilishdir. Sovet davrida haqiqatni izlash oshxonaning ixtiyorida edi va hozir esa u ijtimoiy tarmoqlarga o`tdi. Hokimiyat tepasidagilar Internetni xiyonat bilan boshqaradilar, ularni haqorat qiladigan har qanday ma`lumotlar zarur bo`lgan yo`nalishda badiiy talqin qilinadi va natijada odamlar haqiqatni tushunishlari tobora qiyinlashib boraveradi. Agar biz ijtimoiy uyg`unlikni, umumbashariy adolatni xohlasak, donni axlatdan ajratishni o`rganishimiz kerak. Haqiqat har doim insonning shaxsiyati bilan bog`liq bo`lib, u uchun nimani muhimligini belgilaydi, ruhiy voqelikning qiyofasini shakllantiradi va uning ichki dunyosini shakllantiradi. Haqiqat bu san`at, u azoblanish kerak.
- Asarlaringizdagi o`ziga xos tovushlar va kuylar dramani yanada chuqurroq his qilishga yordam beradi. Asardagi shamolning tovushlari, qayg`u chekayotgan ayollarning ovozi, narsalarning tebranishi juda jonli. Ayting-chi, kundalik hayotingizda qanday musiqa yangraydi?
- Musiqa meni o`rab turgan tovushlardir. Siz terak po`sti qulaganini eshitdingizmi? Bilmadim, po`stni uchishini qancha vaqt davomida kuzatdim, go`yo u komaga tushib qolgandek edim, huddi jimgina mulohaza yuritish paytida, po`st tovushni his qilganday. Ba`zan pauza, gullaydigan terakning bunday holatini tasavvur qilib bo`lmaydigan narsani eshitish imkonini beradi. Biz tovushning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida sukutni unutamiz, ovoz dramaturgiyasida biz shovqinning imkoniyatlari va xilma-xilligidan foydalanmaymiz, biz musiqani avtomatik ravishda tasvirga uzatamiz va qilingan ishdan qoniqamiz. Ideal holda, jimjitlik va shovqinning murakkab palitrasi filmning holatining polifonik tovushini hosil qilishi kerak. Kino maktablari bu kabi jihatlar to`g`risida to`g`ri fikr bildirish haqida gapirishadimi yoki yo`qmi, bilmayman, har holda, rejissyorlar alternativ yondashuv mavjudligini bilishlari kerak. Bu tajriba sifatida mumkin bo`lgan yozuvlarni ohangsiz va musiqasiz olib tashlash mumkin edi, ammo tasvir va shovqin orqali syujet va hissiyotlarni yetkazishlari kerak. Aytgancha, men ovoz haqida gapirganda, nafaqat tabiatni, balki texnik shovqinni ham nazarda tutaman. Masalan, elektr simlarini ishlatishda faol foydalanaman. Shoir Oljas Sulaymonovning so`zlarini ifodalash uchun “Musiqani pasaytirmasdan tovushlarni ko`taring” deb aytaman.
- Agar siz bir qadah sharob ichib, birortasi bilan gaplashmoqchi bo`lsangiz, siz kimni suhbatdosh sifatida tanlagan bo`lardingiz?
- Tangrini bilan.
- Siz uchun baxt retsepti qanday? Bir tomondan siz baxtli odamga o`xshaysiz, siringizni baham ko`ring, bugungi kunda yoshlar baxtli bo`lishi uchun nima qilishi kerak?
- O`zingizni anglang, qanday bo`lsangiz shunayligingizcha qoling!
Kuzgi sayrda Darejan Omirbaev tomonidan keltirilgan masallarni tingladim va tasodifan yaqin atrofda uchayotgan qaldirg`ochlarga e`tibor qaratdim. Qush sayrashib yerga qarab uchib kelishar edi. Huddi men bilan xayrlashayotganga o`xshardi. Va men ushbu hissiyotlarni baham ko`rishga qaror qildim va Darejanga uch qismli parchani yozdim:
Ustozni tinglash,
Qaldirg`ochlar bilan xayrlashmadim,
Unda nega kerak dono so`zlar…