Aprel 17, 2020 - Iyun 23, 2020
Sovet ittifoqi hokimiyati Iskandarning uch xotini sababli O‘zbekistonda o‘rnatilishi tarixi haqida. Komissar ayol uning to‘rtinchi yashirin xotiniga aylanadi. Hikoya.
Biz "Tashkent Film Encounters" rejissyorlari va filmlariga tegishli bo'lgan materiallarni nashr qilishni boshlaymiz. Toshkentdagi zamonaviy san'at markazining CCA LAB loyihalarida ishtirok etayotgan tadqiqotchilar ijodkorlarning ushbu materiallari ustida ishlamoqda.
Xozirda Yusup Razikov o‘z faoliyatini Rossiyada davom ettirib, uning hisobidagi 60dan ortiq filmlar hamda telesiriallar ko‘plab yirik kinofestivallarining ishtirokchisiga aylanib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish bilan birga har doim xakamlar hay'atini hayratiga sozovor bo‘lgan. Asal Esanova rejissyor bilan uning 1999 yilda tasvirga olingan “Orator” (“Voiz”) nomli filmi onlayn namoishi (10 aprel) arafasida suhbatlashib, zamonaviy o‘zbek kinosidagi ayrim muammolarni muhokama qildik, bundan tashqari, rejissyor yosh rejissyorlarga o‘z maslahat va tavsiyalarini ham berib o‘tdi.
Asal Esanova, CCA LAB ishtrokchi
- O‘z intervyularingizda bolaligingizdagi “Qariya ustozning vasiyati” filmida asosiy rolni ijro etganingizni va film rejissyori Yuriy Stepchuk sizga “sizdan rejissyor chiqadi” deb aytgan gaplarini eslaysiz. Nimadebo‘ylaysiz, nimagaaynanshuiboradanso‘ngsizo‘zhayotingiznikinogabag‘ishladingiz?
- Ha, Yuriy Stepanovich bolalar uchun film suratga olayotgan edi, odam juda ko‘pligi sababli u yerda tartib yo‘qolgandi va hamma joyga burnimi tiqa boshladim keyin esa meni tasvirga olish jarayonida qattiq maxkam nazorat ostida ushlab turishdi. Ba'zan, kerakli ma'lumotlarni aytib bera oluvchi, tartibli va mustaqil bo‘lishga harakat qilardim. Aftidan Yuriy Stepanovich shularni nazarda tutib, mendan kinorejissyor chiqishi mumkinligini aytgandir. Yosh maktab bolasiga tez fursatda va ehtiyotkorlik bilan ishonish uchun bu yetarli bo‘lgan!
- Maktabdanso‘ng, chiroqchisifatida “O‘zbekfilm”daishboshlaganingizqandaykechdi?
- Birinchidan, o‘sha yili teatr insititutimizning rejissyorlik bo‘limiga olishmadi, keyin men universitetga, filologiya fakul'tetining kechi bo‘limiga kirdim va armiyaga ketish oldidan biron bir joyda ishlashim kerak edi. Lekin, kinoga yaqinroq bo‘lishga harakat qilganim sababli, yagona yo‘l bu “O‘zbekfilm”ga borish edi. U yerda meni chiroqchi sifatida ishga qabul qilishdi va men bundan xech qachon afsuslanmayman. Kino guruhlarida ishlashim davomida, butun jarayonni ichki tomondan kuzatib, o‘rganib chiqish mumkin edi, qolaversa, o‘sha yillari rejissyor bo‘lish nima ekanligini xayolimga ham keltirmagan edim.
- Siz uchun kinoda qanday tamoyillar mavjud?
- Avvalo, men uchun eng muhim tamoyil bu, mazmunli vizul ketma-ketlikni tashkil etadigan kuchli drama. Men VGIKnining ssenariyshunoslik fakultetini atoqli pedagog V.K. Chernix qo‘l ostida tamomladim. U yerda tarixiy hikoyalarni yaratishni va har qanday mavzuda qanday yozish kerak ekanligini o‘rgandim.
- Siz aytingizki, g‘oya siz uchun sseniriydan muhimroq, lekin, ko‘pincha ssenariylar “tizza”da yozilib, tasvirga olish jarayonida esa yangi sahnalar paydo bo‘ladi.
- Qachonki g‘oya paydo bo‘lsa, bu juda go‘zal bo‘ladi. Bu ham ijodiy jarayonning bir qismidir, ammo, buni faqat byudjet chegaralashi mumkin. Masalan, bozorga borganingizda cho‘ntagingizda faqat bir so‘m bo‘lsa, siz bundan ortig‘ini sarflay olmaysiz. Bunday hollarda, chuqur mazmun-mohiyatni yetkazish uchun uslub va yechim choralarini izlay boshlayman va bu ko‘pincha rejjiserning uslubini hamda e'tiborli bo‘lishini shakkillantirishga xizmat qiladi.
- Siz MDHning eng serhasham va rang-barang filmlar rejissyorlaridan birisiz, aytingchi, filmlaringizga mavzularni qanday tanlaysiz? Hayotdan ilhomlanasizmi?
- Hech qanday joydan ilhom olmayman, shunchaki ishlayman. Doim qattiq ishlashingiz kerak, har kuni o‘z mahoratingizni qay darajada ekanligini bilishingiz kerak. Xuddi Yuriy Oleshning “Hech bir kun chiziqsiz emas” kitobida yozilgani kabi. Qachonki, akterlarni yaxshi ko‘rib qolganimda, huddi filmlarimdagi kabi ular uchun ssenariy yoza olaman, keyin esa akterlar jisman ko‘rina boshlaydi.
- 2000 yillarning boshlarida siz “O‘zbekfilm”ning direktori bo‘ldingiz, bu davrning ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz? Rahbarning lavozimdagi ma'muriy javobgarligi bilan ijodiy ishlarni birgalikda olib borish qiyin bo‘lmadimi?
- «O‘zbekfilm»ning direktori bo‘lgan vaqtlarimda hech qanday ijodiy jarayonlar bo‘lmadi, bu kino yaratuvchi fabrika, Davlat kino studiyasidan ssenariy va rejjiserlar yuboriladi, studiya esa ularga texnik xizmat ko‘rsatishi kerak. Shuning uchun meni birinchi galdagi vazifam navbatdagi filmni tasvirga olish vaqtida ma'muriy ishlarni tashkil etishga yordam beradigan guruhni shakillantirish edi. Bu guruhga o‘rinbosarim Malik Abdurahmonov boshchilik qilardi. Agar, raqamlar haqida gapiradigan bo‘lsam, «O‘zbekfilm» DAJda rahbarlikni boshlagan vaqtimda uning asiyalari narxi 1000 so‘m edi, vazifani topshirayotganimda esa 4800 so‘m bo‘lgan. Ayrim yutuqlar haqida gap ketganda, rahbarlik davrimda studiya hududiga tegishli bo‘lgan yerning bir santimetrini sotmaganimdan g‘ururlanaman, chunki, bu yerlar mendan avval barpo etilgan. Ijod qilishga keladigan bo‘lsak, imkon qadar tasvirga olish ishlarini tezlatib, 20 kun ichida tugatishim mumkin edi, ammo, filmning narxini oshirib yubormaslik uchun suratga olish muddatlarini uzaytirmasdan boshqa rejissyorlardan belgilangan muddatlarga amal qilishlarini talab qilar edim. Bu bilan barchaga samarali ishlash mumkin ekanligini ko‘rsatishga harakat qilar edim.
- Filmlarni tarqatishga e'tibor berganmisiz? Tomoshabinlar istaklarini his eta olasizmi?
- Ishonasizmi, tomoshabinlarning munosabati hali ham men uchun jumboq. O‘ylashimcha birgina katta talab bo‘lgan asar bu “Domla” serialidir. Menga tomoshabinlardan serialning davomi haqida so‘ralgan juda ko‘plab xatlar keldi, hattoki qamoqxonalardan ham. Biz mingta seriyani tasvirga olishni rejalashtirgan edik, biroq u bor yo‘g‘i qiriq seriya bo‘ldi. Hattoki, aktyor Xojiakbar Nurmatov oldidagi trolleybuslar ham u bilan salomlashish uchun to‘xtab qolardi, bu esa aktyorning va serialning mashhurligi edi. Endi esa mening filmlarim kinofestivallarda ishtirok etib, xozirda tegishli knoprokatlariga muxtoj bo‘lmagan holda festival zallarida bir qancha tomoshabinlarga ega bo‘lib, birgina, Moskvadagi ikki haftalik kinoprokat davomida 20-25 ming tomoshabin yig‘a oldi. Ular esa allaqachon mendan nima kutish kerakligini yaxshi bilishadi...
- 2000 yilning boshlarida O‘zbekistonda hind uslubida film yaratish avj olganedi, hozir kunga kelib esa, turk uslubida film suratga olish ommalashmoqda. Siz esa “kinomatorafiyamizda milliy xususiyatlarimiz”ga tayanishimiz kerak dedingiz, aytingchi, bu qanday xusussiyatlar?
- Tarixda O‘zbekiston nima deb atalganidan qat'i nazar, yurtimiz har doim davlatchilik va madaniyatning markazi bo‘lib kelgan, shuningdek, ko‘p asrlik ta'lim, ilm-fan va madaniyat an'analariga ega bo‘lgan zamindir. Men uchun esa bizning milliy xususiyatimiz Kamoliddin Raximov ijrosidagi o‘ta qayg‘uli, sof, turfa taqdirlar va muhabbatga boy zaminimiz haqidagi qo‘shiqdir. O‘zbeklar dunyoga badiiy va falsafiy munosabatda bo‘lishadi. Oilasi qaerda bo‘lsa o‘sha joy uy, o‘sha joyda barchasi tabiat bilan uyg‘un, u yerda shinamgina hovlini, mazali taomlar hidini va albatta bir-birlarini yaxshi ko‘rishini, farzandlariga esa yaxshi namuna bo‘lishni tushunib yetganlar...
- So‘ngi ikki yil mobaynida O‘zbekiston yangilandi, hamma narsa o‘zgarmoqda, kino bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarni o‘zgartirishga urunib ko‘rish niyyatingiz bormi? Maktab ochasizmi? Bilim berasizmi?
- Agar shart-sharoitlar to‘g‘ri ishlab chiqilayoyotgan bo‘lsa, bajonidil albatta kelajakda maktab ochaman va bu fikrga juda yaxshi qarayman. Imkon bo‘lsa, hamkasblarimga masofadat turib maslahat berishim mumkin, ammo men ularni o‘z o‘quvchilarim deya olmayman. O‘tgan yili “Oltin humo” milliy kino mukofoti tanlovi hay'atining raisi bo‘lganimda, ko‘plab filmlarni tomosha qilgandim. Operatorlar ishining texnik jihatdan ancha rivojlanib ketishi bu aniq edi. Lekin ularning barchasi bir-biriga o‘xshash va amerika hamda turk kinolariga taqlid qilish borligi yaqqol sezilib turar edi. Ularda muallif bo‘lishga istak sezilmaydi, asosan tayyor namunalardan nusha olishadi. Ko‘pincha, yosh rejissyorlar badiiy mavzu topmasdan va o‘z oldiga vaziva qo‘ymasdan turib dramaturgiyaga shoshishadi, buni bir vaqtning o‘zida taniqli ssenariynavisimiz Odel'sha Agishev muallifligidagi “Noziklik”, “Sevishganlar”, “Oq laylaklar” va boshqa ko‘plab filmlarda uchratish mumkin.
- Ushbu intervyuga tayyorgarlik ko‘rayotib bir muammoga duch keldim, internetdan sizning “Voiz” (Notiq) filmingizni topa olmadim? Aytingchi, «O‘zbekfilm» kinostudiyasi arxiv bilan muammolar bormi?
- Bilmadim, aynan nima uchun boshqa asarlar tarmoqlarda paydo bo‘ladiyu boshqalari esa yo‘q. Men uchun ham bu jumboq. Mustaqillik yillarida tasvirga olingan filmlar arxivi daxshatli ahvolga kelib qolgan. Avvallari barcha o‘zbek asarlari va hattoki soqovcha oq-qora rangli lentalardagi filmlar (badiiy filmlar) SSSRning Davlat film fondida, hozir esa Rossiyada, Krasnogorskdagi Oq ustunlar arxivlarida (xujjatli filmlar) saqlanar edi. Asarlarni u yerdan olib kelish takliflari ham bildirilgan. Avvallari studiya direktori sifatida men bunga qat'iy qarshi edim, chunki bizda taynli baza, soha mutaxassislari yo‘q edi, shu sababli filmlar yo‘qolib ketardi... Plyonka negativlarini saqlash oson ish emas, ular doimiy tarzda ma'lum bir namlik va harorat ostida turishi zarur. Bunday xonani tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif bilan chiqib, talab etiladigan hisob-kitoblarni taqdim etdim... Afsuski, o‘sha vaqtlarda bizga yordam berishmadi. Raqamli tasvirlar bilan esa, albatta hammasi boshqacha.
- «Voiz» (Notiq) …. Ushbu filmning g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi?
- Judayam oson, bir tanishimning uchta buvasi borligini eshitib qoldim. Men bu voqeaga juda qiziqib qoldim. Bunday g‘ayrioddiy oilada murosa, muhabbat va hasadga qanday qilib bir uyg‘unlikda oilani saqlab qolingani meni taajublantirdi. Shunday qilib, nafaqat olomonni balki har bir ayolini ham his qila oladigan so‘z ustasi, notiq haqida hikoya bo‘ldi. Afsuski, bu film ikki qismdan iborat bo‘lishi kerak edi, lekin mablag‘imiz esa ushbu hikoyaning birinchi qismigagina yetarli bo‘lgan.
- Agar asar qahramoniga e'tibor bersak, undagi o‘ta ziddiyatli qiyofani ko‘rishimiz mumkin. Uning uch xotini va ajoyib hayoti bor, ammo u sovet hokimiyati uchun kurash olib boradi va biladiki, unng oilasi uchun nima xavf tug‘dirishini yaxshi his etadi... Ammo unga nima turtki bo‘ladi? Film yakunida biz Iskandarning hayotda har bir qilgan ishi oxir oqibat yo‘qotilgan xotinlari uchun qilinganini tushunamiz. Haqiqatdan ham u bu taqdirdan qochishga umid qilganmi?
- Ushbu filmdagi asosiy mantiq pushaymonlik emas, balki butun mamlakat bilan nima sodir bo‘lishi, odamlardagi insoniy, axloqiy murosalar orqali o‘zlarining kimligini qanday saqlashlari kerakligini tushunishdir.
Ushbu filmda barchasi bir-biriga zid, oddiy aravakash, musulmonlik burchini bajarib, vafot etgan akasining xotinlariga erlik qiladi. Bunday oilalar taqiqlanganligi sababli u bu oilani saqlab qolish uchun Sovetlarning xizmat idorasiga boradi. U xotinlarini tarbiyalaydi va komunistik g‘oyalarni qabul qilishib, konformizm va zaiflikda ayblashadi. Balki ularni komissar ayolga bo‘lgan muhabbatiga bo‘lgan rashq qo‘zg‘atgandir, keyin esa uni hechkim qabul qilmasligi uchun udan voz kechishadi... Garchan uning o‘g‘lini o‘zida qoldirgan bo‘lsada...
- 2001 yilda Nozim Abbosovni "O‘zbekfilm"ga yana qaytarishni xohlagan edingiz. Yaqindan beri ko‘rinmay ketdi, u haqida bir nimadir deya olasimi?
- Biz Nozim Abbosov bilan do‘st edik va men bu odamni juda yaxshi ko‘rardim. U mutlaqo boshqacha inson edi, u aql bovar qilmaydigan darajada sodda va odob-axloqli odam edi. Biz birga VGIKda kursdosh edik. Bir kuni Nozim sportzalda Dog‘istonlik chempion bilan yakkama-yakka kurashib, uni osonlikcha mag‘lubiyatga uchratgani yodimga tushdi. Nozim qo‘rqinchli ko‘rinmas edi. U o‘ziga juda ishonar va shu bilan birga kuchli edi. Uni biror kishi haqida yomon gapirganini eshitmaganman, bazida esa, bizning o‘rtamizda bunday holatlar tez-tez bo‘lib turar edi. Kimdir sodda bo‘lishga harakat qilgan bo‘lsa, u esa shunchaki yashagan. Uning iste'dodi “Fellini” filmida namoyon bo‘lgan va men uchun bu o‘zbek kinosidagi eng yaxshi filmlardan biridir. Filmning so‘ngi kadrlari noaniq grafikalarga ega bo‘lishiga qaramasdan, u sig‘imli va toza tasvirni yaratdi. Nozim o‘zining ko‘plab rejalarini amalga oshira olmaganidan afsusdaman. Uni ketganidan qayg‘udaman, u yorqin va noyob inson edi.
- Zamonaviy kino madaniyati va tomoshabinlar haqida nima deya olasiz?
- Shaxsan men yaqin kunlardan beri kinoteatrlarga kamdan-kam hollarda boryapman, kutilmagan reaksiya va notanish tuyg‘ular bilan film tomosha qila olmayman... Ba'zan tomoshabinlarning o‘zi ham zalga nima uchun kelayotganini tushunmayotganday tuyiladi menga. Nazarimda ular uchun kino ikkinchi darajali narsa. Film ular uchun shunchaki tryuklar ketma-ketligi. Agar qahramon, masalan, o‘ylayotgan bo‘lsa, kadrda jim bo‘lsa yoki ulardan aqliy kuch talab qiladigan biror narsa sodir bo‘lsa, bu ularni bezovta qila boshlaydi, ular shunchaki zerikishadi. Achinarlisi shundaki, kino tomoshabin uchun shunchaki popkornga bahona. Albatta men bunga mantiqan yondashaman. Agar o‘zimning filmlarimni baholash kerak bo‘lsa, do‘stlarimni studiyamga taklif qilaman.
- Siz uchun kino nima? Yosh rejisyorlarga nimani maslahat bera olsiz?
- Rejissyorlik borasida menda ta'lim yo‘q, ammo kino men uchun bu do‘stlik, bu dunyoga aktyorlar nigohi va kameraning harakati bilan chuqur hissiy nigoh bilan qarash istagidir. Xotam Fayziev bilan kuniga 15 metrlab tasvirga olganmiz va bu oz albatta. Lekin u g‘urur va quvonch bilan “Biz kino yaratmoqdamiz va bu baxt” degandi. Yosh rejissyorlarga aytar gapim shuki, sizlar yangilikka intilishingiz kerak, chunki sizning qolingizda jonli kamerangiz bor. Masalan, yakutlar, taygalik shomonlar haqidagi hikoyalardan qutilib, bu juda ajoyib burilish bilan hozirda ular chuqur ma'noli milliy kinoni tasvirga olishmoqda. Ma'lum bir qobiqda ishlovchi va taqlidchi bo‘lmang, siz yangiliklar yaratishingiz va albatta uning muallifi bo‘lishingiz kerak. Hech qachon to‘xtab qolmang, alohida mablag‘ ajratmang, telefoningizni olingda, tasvirga oling.
Blis savollari.
- Sizning uchta sevimli rejissyoringiz?
- F.Tryuffo, Ch.Chaplin, Tarantino endi u ham ketib qoldi, albatta, u kinoni oldinga siljitmadi, lekin u juda jasur va o‘z kasbini yaxshi bilardi.
- Siz tomosha qilish uchun tavsiya etadigan uchta film.
- O‘zbek kinosidanmi? Yu.Agzamovning “O‘tgan kunlar”, Ali Xamraevaning “Qo‘rquvsiz”, va o‘zimning «O‘rtoq Boykenjaev» yoki «Erkak» filmlarini tavsiya qilaman.
- Men so‘zi bilan qaysi 3 iborani ayta olasiz?
- Men dangasaman. Men ishonuvchanman. Men yangilik yaratishni va insonlarni ajablantirishni yaxshi ko‘raman.