Qirg‘izs rejisseri.1957 yil 26 sentyabrda Talasda tug‘ilgan.1980 yilda Qirg‘iziston universitetining filologiya fakultetini animatsion rejisserlik bo‘limini tamomlagan. Marat Sarulu hech qachon tirishqoq yozuvchi bo‘lmagan, lekin u qastdan giperrealizm tarafdori bo‘lib olgandi. Ijtimoiy tarixdan tashqari, muallif insonning uysizligi haqidagi ekzistensial' hikoyalarni bitar edi. Uning “Ko‘chish” filmidagi uslubi xaqiqiy hayot tarzidan to sof mavhumlikka qadar buriladi. Bu esa tabbiy holatning nozik va noodatiy o‘tishlari bilan insonni hayratga soladi. Ijodkor metaforik yo‘nalishda ayrim rejisorlarning ishonch ichidagi o‘yinlari, hiyla-nayranglari haqida kino yaratadi. Uning filimlarida vaqt kadrlar atmosferasida yemirilib, bo‘shliqlar so‘rilib ketadi.
Qariya va uning nabirasi qishloqdagi daryo bo’yidagi kichkina bir uyda yashaydi. Ular tashqi dunyo bilan o’zaro va hamjihatlikda oddiy hayot kechirishadi. Cholning qizi otasidan qishloqdagi uyni sotishni va u bilan Bishkekka yashash uchun ko’chib kelishini so’raydi, chunki, ayolning jamg’armaliri tugap, olingan kredit to’lovlarini o’z vaqtida qaytara olmaganligi sababli, bank uyni tortib oladi. Butun oila temir yo’l oxiridagi vayron bo’lgan vagonda jon saqlashga majbur bo’lishadi...
Bog’lanish
Zamonaviy San’at Markazi
Amir Temur ko’chasi, 6, blok B, Toshkent, O’zbekiston