O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi ToshkentdagiZamonaviy san`at markazining ochilish marosimi doirasidaO`zbekistonlik rejissyor va videorassom Saodat Ismoilovaning "Qo`rg`on chiroq" shaxsiy ko`rgazmasini 2020 yil 12 apreldan - 1 iyunga qadar taqdim etadi.Shuningdek, Markazda Ali Hamraev filmlari namoyishi bo`lib o`tadi, bundantashqari, bolalar uchun mahorat darslari o`tkaziladi.
"Qo`rg`on chiroq" ko`rgazma loyihasi so`nggi besh yil ichida Saodat Ismoilova tomonidan yaratilgan video-ishlarini o`zida mujassam etgan. "Zuhra" video-she`ribirinchimarta 55-VenetsiyaBiennalesidaMarkaziyOsiyopavilyonidanamoyishetildi. IjodkorBoyqo`ng`irgauzoqbo`lmaganafsonaviyturkiyqo`shiqyozuvchisiQorqit (IXasr) qabrioldidaikkikanalli “Ikkiufq” filminitasvirgaolib, boqiylikkalevitatsiyaorqalierishishmumkindebhisoblardi. IsmailovabastakorKomilNormbilanhamkorlikdaXXasrningikkinchiyarmidayo`qbo`libketganTuronyo`lbarslarigabag`ishlangan "Maftunkor" nomlivideolavhasiniyaratilganbo`lib, bastakor lavhauchunnoyobasboborqaliajoyibmusiqabastalaydi. Pomirni Orol dengizi bilan bog`lab turuvchi Amudaryo (Oks) daryosiga bag`ishlangan "Oksning shivirlashi" uch kanalli video-installyatsiyasida odamlar o`z orzularini qadimiy suvlarga ayitb bergani haqidagi voqealarni hikoya qiladi. Shuningdek, loyiha doirasida Saodat Ismoilovaning Sug`d tiliga bag`ishlangan "O`lmas maktublar" yangi asarining premyerasi ham bo`lib o`tadi. Sug`d tili bugungi kunda o`lik til hisoblanadi (bu tildagi so`nggi yozma yodgorliklar XI asrga oid), ammo ijodkor tilning o`lmasligi, balki, ongli ravishda jamoatchilik xotirasida yashashni davom ettirishiga ishonadi. Saodat Ismoilova “Qo`rg`on chiroq” ko`rgazmasini tashkil etishda Tate Modern London galereyasi katta kuratori Andrea Lissoni va arxitektorlar, GRACE Milan arxitektura byurosi asoschilari Yekaterina Golovatyuk va Jakomo Kantoni bilan hamkorlikda ish olib bordi.
SaodatIsmoilova, rassom:“Ko`rgazmaningo`zbektilidaginomi "Qo`rg`onchiroq". Qo`rg`on – so`zinirustiligatarjimaqilinishikerakbo`lmaganso`zbo`lib, asosanantikdavrvaajdodlarimizningsirlaribilanbog`liqdir. “Chiroq” so`zi esa "nur" deb tarjima qilinadi, ammo ayni paytda bu zardushtiylik dinidan bizga kelgan marosimning nomidir. “Chiroq” marosimini bajarishda ota-bobolarimiz, xalqimizning umumiy xotirasida yashaydigan ajdodlar va boshqa avlodlar bilan aloqani bildiruvchi sham va shamchiroqlarni yoqamiz. Bu yorug`likning tasviri aloqa vositasi sifatida menga juda yaqin, chunki bir tomondan men jamoatchilik xotirasi bilan ishlayman, ikkinchi tomondan men videorassomman va mening ijodiy ishim asosida aynan ushbu yorug`lik bor.”
Andrea Lissoni, Tate Modern galereyasining katta kuratori:«Men O`zbekistonga o`n yil muqaddam tashrif buyurganimda, bu maskan naqadar betakror va hatto qadrli ekanligini darhol anglagandim. Bu mamlakatning ildizi uzoq o`tmishga borib taqaladi, bu erda qadimgi urf-odatlar rus madaniyati elementlari va minglab yillar davomida cheksiz cho`l va dashtlarda yashagan xalqlarning urf-odatlari bilan chambarchas bog`lanib ketgan. Saodat Ismoilova esa bu dunyoning ajoyib madaniy xabarchisiga aylanib ulgirdi. U Yevropada ishlashiga qaramasdan, nafaqat o`zining milliy o`ziga xosligini saqlab qolmoqda, balki, mintaqaning rivojlanishiga ham o`z hissasini qo`shib kelmoqda. Uning Trevizodagi xonadonlaridan biri o`tov bilan bezatilgan edi. Bu menga qattiq ta`sir qilgandi. Men tarixni, musiqani, yozishni va madaniy xotiraning boshqa shakllarini chuqur his etadigan, doimiy ravishda yangi hikoyalar va g`oyalarni izlayotgan o`ziga xos ijodkorni ko`rdim. Saodat san`atning o`zgaruvchan kuchidan foydalanib, o`zi tug`ilib o`sgan ajoyib mintaqa haqida g`aroyib hikoyalar aytib beradi».
Shuningdek, 13 aprel kuni Zamonaviy san`at markazida muallif Saodat Ismoilova va ko`rgazmasi kuratori, “Teyt” Londondagi Zamonaviy san`at galereyasi Xalqaro san`at bo`limining katta kuratori Andrea Lissoni tomonidan ochiq uchrashuv bo`lib o`tadi. Uchrashuvda, muallif va kurator bilan suhbatlashish, ularning tarixi, kontseptsiyasi, ko`rgazmada ishlash jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari va ularni qanday hal qilishlari haqidagi fik-mulohazalarni tinglashlari va barcha ishtirokchilar kuzatuvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarini berishilari mumkin.
Saodatning tanlovi asosida taniqli o`zbek rejissyori Ali Hamroevning filmlar namoyishi ko`rgazma g`oyasiga yana bir yaxshi qo`shimcha bo`la oladi. Markazning kinoteatr zalida A.Hamraevning "Triptix", "Yettinchi o`q", "Qo`rquvsiz" va "Inson qushlar sabab ketadi" kabi filmlari namoyish etiladi. Ali Hamroevning filmlari syujetining tayyorlanishi bilan birga, kadrning rang-barang tuzilishi sabab jo`shqindir. Saodatning so`zlariga ko`ra, uning filmlari bugungi kunning zamonaviyligini saqlagan holda milliy turmush tarzini aks ettiradi.
Tashrif buyuruvchilar bilan bo`lgan muloqotni davom ettirishda, 18 aprel kuni Saodat Ismoilova 5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar va ularning ota-onalari uchun bir qator interfaol mashg`ulotlarni o`tkazadi. Mahorat darslari oilaviy hamkorlikda o`tkaziladi.
Saodat Ismoilova (1981 yilda tug`ilgan) - o`zbekistonlik rejisser va videorassom, O`zbekiston Davlat san`at institutining rejissyorlik bo`limi bitiruvchisi va “Fabrica” ilmiy markazining stipendiya sohibasi (Trevizo, Italiya). 55-Venetsiya zamonaviy san`at biennalesidagi Markaziy Osiyo pavilyonida namoyish etilgan "Zuhra" video-she`ri, 64-Berlin xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan "40 kun sukut" badiiy filmi va "Orol. Ko`rinmas dengizda baliq ovlash" (2004 yilda ispan rejissyori Karlos Kasas bilan hamkorlikda tasvirga olingan) hujjatli filmi shular jumlasidandir. Ismoilovaning asarlari Augsburg (Germaniya) muzeylari va badiiy kollektsiyalarining yangi galereyasida, Branli (Parij) qirg`og`ida joylashgan muzeyi huzuridagi Klod Levi-Strauss teatrida, Tromso (Norvegiya) Zamonaviy san`at markazida namoyish etilgan. 2018 yil mart oyida Bruklin musiqa akademiyasida "Qirq qiz" spektaklining xalqaro premerasi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazma haqida
O`tkazish muddati: 2019 yil 13 apreldan - 1 iyunga qadar
Ochilishi: 2019 yil 12 aprel
O`tkazilish joyi: Zamonaviy san`at markazi, O`zbekiston, Toshkent, Amir Temur ko`chasi, 6 uy, B blok
Kurator: Andrea Lissoni
Kurator yordamchisi: Gayane Umerova
Rassom: Saodat Ismoilova
Tashkilotchi: O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi
Ko`rgazmaning ish vaqti: har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha