Biz odamning portretini yaratamiz, rang yordamida uning fel’i va kayfiyatini ko‘rsatib beramiz. Misol tarzida Pikasso va N.Turnovaning ishlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu erda kim tasvirlangan? Siz buni qanday tushundingiz? Yuzning qaysi xususiyatlari buni aytib berdi? Rasmdagi odam nechchi yoshda? U nimalarni kechirmoqda? Uning fe’li qanday? U bilan nima sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin? Qaysi xususiyatlar orqali buni fahmladingiz? Ranglarga qarab bu odamning fel’i, kayfiyati qanday ekanligini taxmin qilish mumkinmi?
Qaysi ranglarda o‘z kayfiyatingizni tasvirlagan bo‘lardingiz? Shodlik, g‘am, g‘azab, ezgulik qanday rangda?
Nataliya Turnova, nomsiz, 2018
Bizga kerak bo‘ladi:
Keling boshlaymiz!
1. Kimni portretini qilishni xoxlashingizni tanlang (buvingiz, do‘stingiz yoki o‘zingiznikini)
2. Shu odamning yuzini qalamda chizing (qalam bilan ingichka chiziqlarda, bo‘yamasdan: butun varoqqa yirik yuzning ovali). Yuzni to‘ldiring: ko‘z, burun, qosh, quloq, soch, bo‘yin. Hamma detallarni yirik chizamiz – plastilin bilan rang berishga qulay bo‘lishi uchun (yuz nisbati to‘g‘ri bo‘lishi juda muhim emas)
3. Ranglarni (mutlaqo har xil) odamning hissiyotlariga qarab tanlang va yirik mazok bilan “bezating” (plastilining kichkina bo‘lagini uzib, qizdirish va yumshatish uchun barmoqlar bilan uqalaymiz, chizilgan konturning ichida qog‘ozga surkaymiz). Agar ikki xil rangni birga qorishtirsak – o‘zgacha tus hosil bo‘ladi
Avval yirik zonalarni “bo‘yaymiz” (yuz, peshana), keyin maydasini ustida ishlaymiz (ko‘z, kiprik).
Biz har xil ranglar bilan qanday ishlashni bilib oldik, ular yordamida portretdagi odamning kayfiyati va fe’lini ko‘rsatish mumkin.