Toshkent kino uchrashuvlari "Tashkent Film Encounters" doirasida kino mutaxassisi Nigora Karimova hamda rejissyor Saodat Ismoilovaning ma'ruzasi bo'lib o'tdi. Ma'ruza mavzusi Kamara Kamalovaning "Hamma yoqni qor qopladi" (1995) filmiga bag'ishlangan. Ma'ruzada asosan Kamara Kamalova ijodi haqida so'z yuritildi, unda biz rejissyor odatda ishlaydigan mavzularni tushunishga harakat qildik. Kamara Kamalova O'zbekistondagi birinchi ayol rejissyor bo'lganligi sababli, biz ayollarning rejissyorlikdagi roli haqida ham gaplashdik.