May 01, 2020 - Avgust 05, 2020
Uch aka-uka harbiy aerodrom va eski bug‘ teplovozlari qabristoni yaqinida joylashgan kichik bir qishloqda yashaydilar. Bir kuni, qariya Klein bug‘ lokomotivlarini ajoyib go'zal ko'lga olib boradi va endi ular samolyotlar uchun nishon bo'lib xizmat qiladi. Cholning hikoyalari yigitlar hoyilida xavfli hududga borish fikrini uyg‘otadi.
Serika Aprimovning "Uch aka-uka" filmi bu aeradrom yaqinidagi qozoq qishlog`ida yashaydigan uch aka-uka haqidagi hikoyadir. Mazkur film qishloq hayoti to`g`risidagi sahnalarga boy bo`lib, bir vaqtning o`zida ertaknamo va afsonaviy tus olgan.
Film qaxramonlari eski mahalliy haydovchining hikoyalarini tinglab, afsonaviy ko`lga borishni orzu qilishadi va hatto ko`zlagan maqsadlariga erishi yo`lida bir qator sarguzashtlarni boshdan kechirishadi. Filmni tomosha qilar ekansiz, asta-sekin ushbu afsonaviy ko`lning borligiga asar qahramonlarining ishonchi ortib borayotganini, shu bilan birga, tomoshabinning o`zi ham ishonib borayotganini his qilasiz. Shuningdek, filmdagi chol o`smir yigitlarni qizlar bilan qanday munosabatlarga kirishish sirlarini va uning nozik jihatlarini o`rgatib, bu mavzudagi yagona suhbatdosh sifatida bolalik va balog`at yoshdagilar o`rtasidagi vosita sifatida namoyon bo`ladi.
Fransuz yangi to`lqinining ta'siri shubhasiz, rejisserning kinomotografiya tilida yaqqol ko`rinadi. Professional tajribaga ega bo`lmagan aktyorlar jamoasi bilan ishlash, tanlangan tabiatning xususiyatlari, hujjatlashtirish uslublari Aprimovning aksariyat filmlaridagi kabi, voqealarning haqiqati to`g`risida ma'lumot berib turadi. Garchand Aprimovning o`zi ham “xujjatli” tuyulishi bu xayolot tasavvurlarning aski ekanligini takidlab, “Paradoks shundaki, aslida odamlar mening mutlaq yaratganlarimni hujjatli haqiqat sifatida ko`rishlaridadir”.
Riksiev Mukhiddin, CCA LAB ishtrokchi
- Har bir rejisser o`z filmlari uchun u yoki bu savollarga javob beradi: “Kino bu nima?” Bu savolga Sizning filmingizdan qanday javob olishimiz mumkin?
Mening filmlarim bu mening atrofdagi voqelikka bo`lgan qarashlarim deb bilaman. Hech qanday noxaqliklarsiz, hukumat uchun targ`ibotlarsiz, yolg`onlarsiz va albatta beparvoliklarsiz “o`z orzularim”ni amalga oshirishdir.
- Sizning asarlaringizda kundalik hayotni tanqid qilish nimani anglatadi?
Filmlarimdagi kundalik hayotni tanqid qilish bilan Anri Lefevrning kundalik hayotini tanqid qilish bilan hech qanday bog`liqlik joyi yo`q. Asardagi voqelikda men shunchaki qahramonlarning bema'ni ekanligini tasvirlamoqchiman, bunga oddiy sodda odamlar shak-shubxasiz, qat'iy ishonishadi.
- Film qachon film bo`lishni boshlaydi (filmning dunyoga kelish tuyg`usini nazarda tutdim)?
Birinchi dunyo yuizini ko`rishi bu montaj vaqtidan boshlanadi, ikkinchi bor dunyoga kelishi esa, ranglarini saralash hamda filmni qayta tasvirga yozishdan keyin bo`ladi.
- Filmni tasvirga olishda Siz asosiy e'tiboringizni hujjatlashtirishga qaratasizmi yoki syurrealizmgami?
Yo`q, aksincha, mening filmlarimning syurrealizmi aslida realizm va aqilsizlikning aralashmasidan kelib chiqib, ya'ni, “sahna realizmi” aqilsizlik darajasida ko`rsatiladi, lekin, hamma sahnalarda ham emas albatta.
- Sizningcha fransuzcha “yangi to`lqin” kinomatografiya sohasiga nima olib keldi?
Umuman olaganda, fransuzlarning “yangi to`lqini” 1950-1960 yillardagi kinomatografiya sohasidagi yo`nalishlardan biri bo`lib, u kino sano'atida kino tilini va uning tuzilishlarini yangilagan edi. “Yangi to`lqin”dan avvalroq esa, ingilizlarning “G`azablangan yoshlar” nomli kino ham bor edi. Ammo, farnsuzlarning “yangi to`lqini” ancha mashhur edi.
- “Uch aka-uka” filmining syujetlariga o`xshash boshqa filmlar ham bormi?
Film syujetiga ko`ra, yigitlar ota-onasiz voyaga yetishadi va cholning ertaklariga ishonishadi. Nima haqida gapirmoqchi bo`lgan? Filmning syujeti “Xo`ja Nasriddin”ning masallari orqali meni ilhomlantirgan.
- Filmlaringizda o`sib-ulg`ayish, kattalar va bolalarning qarama-qarshiliklari mavzulariga tez-tez qatib turasiz. Siz ulg`ayish eng muhim jarayonlardan biri deb hisoblaysizmi?
Albatta ha. Inson yoshligidanoq shaxs sifatida o`sib boradi, orzulari shakkillanadi. Keyin esa, inson butun hayoti davomida bolalikdagi orzularini ro`yobga chiqirishga harakat qiladi.
- Filmni tasvirga olish uchun nimaga aynan bunday joyni tanladingiz?
Ishonchim komilki, u yoki bu manzaralarning rejalashtirilganligi rejisserning (ijodkor sifatida) shaxsiyati bilan bog`liq. Bu “ijodkor qalbidagi manzara” uning hukumroan ruhiy holatidir.
- Qanday badiiy asarlar ijodiy tafakkuringizga o`z ta'sirini o`tkazadi?
Chexovning hikoyalari va ertaklari, Al'bera Kamyuning “Begona”, Uil'yam Folknerning “Avgustdagi nur”, “Masal”, “Qasr”, Jan-Pol Sartrning “Chanqoq” asarlari
- Uchta buyuk rejisser?
Mikelandjelo Antonioni, Jan Vigo, Federiko Fellini