DUGOH

Dugoh: Ikki Lahza – maqomning eng mohir ijrochilari va hozirgi an'analarini saqlovchi Abror Zufarov hamda Nodira Pirmatovalar ishtirosidagi O‘zbekistonning eng nafosatli ma'naviy xazinalaridan biri - "Shoshmaqom" ("olti maqom")ga bag‘ishlangan loyihadir. Sozandalar dugoh deb nomlangan olti maqomning biridan mushkulot (cholg‘u kuylari) va nasr (vokal kuylari) toplamini ijro etadilar. Maqomning dugoh nomini ikki lahza yoki ikki tanaffus deb tarjima qilish mumkin – bu shoshmaqomning to‘rtinchi maqomi bo‘lib, musiqiy lad, metrik namuna va ritm bo‘yicha tashkil etilgan oltita musiqiy suit yoki siklni o‘z ichiga oladi. Shoshmaqomning ladlari insonda ma'lum bir rang, hissiyot yoki ta'sirni uyg‘otuvchi kuchga ega bo‘lib, ular birgalikda lad strukturasini tashkil etuvchi ma'lum bir qonun va qoidalardan kelib chiqadi. Maqom dugoh uyg‘otadigan his-tuyg‘ular nuqtai nazaridan u quvonchli yoki "qanotli"deb tavsiflanadi.

 

 

 

ABROR ZUFAROV

ABROR ZUFAROV

Abror Zufarov – Toshkent-Farg‘ona va Samarqand-Buxoro maqom maktablarida tanbur, sato va dutor torli cholg‘u asboblarini chalish bo‘yicha mohir sozanda. U o‘zbek mumtoz professional musiqa tarixidagi ikki taniqli va nufuzli shaxs – Turg‘un Alimatov va Usmon Zufarovlarning nabirasidir. Abror Zufarov chuqur nazariy bilimlari tufayli ushbu murakkab madaniy meros turini asrab-avaylash, tiklash va kelajak avlodlarga etkazishga katta qiziqish bildirgan. O‘zining so‘nggi 20 yillik faoliyati davomida Abror Zufarov 1930-yillarda yo‘qolgan tanburning haqiqiy ovozini qayta tiklashga harakat qilib, asbobning metrik naqshini tikladi va shu bilan birga eski maqomga yangi tovushni kiritdi.

Abror Zufarov bilan video-intervyu

NODIRA PIRMATOVA

NODIRA PIRMATOVA

Nodira Pirmatovaning ovozi maftunkor. O‘zbek va tojik she'riyatini chuqur bilishi Pirmatovani shiru shakarlarning eng yaxshi ijrochilaridan biri, shuningdek, Farg‘ona-Toshkent va Buxoro-Samarqand maqomlarining muvaffaqiyatli ijrochisiga aylantiradi. Nodira Pirmatovaning mahoratini tanbur va dutorda ijro qilishi noyob hodisa bo‘lib, bu esa o‘troq madaniyat ijrochilar tarixida kamdan-kam uchraydigan hodisa. Pirmatova musiqa nazariyasi sohasidagi izlanishlarini davom ettirdi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritdi, shuningdek, O‘zbekistondagi nufuzli “Sharq taronalari xalqaro festivalining laureati bo‘ldi. Nodira Pirmatova – Saodat Qobulova va Halima Nosirova singari buyuk o‘zbek ijrochilarining shogirdi

Nodira Pirmatova bilan video-intervyu