Baxtiyor Xudoynazarov

Tojik kino rejisser, Venesiya kinofestivali g‘olibi. 1965 yil 29 mayda Dushanbeda tavallud topgan. «Men chegara hududlarni yaxshi ko‘raman. U yerda ajoyib bosim bor. Turli xalqlar, turli madaniyatlar mavjud. Ulara birga yashab, nimanidir kashf qilishib, nimanidir yo‘q qilishga harakat qilishadi. U yerning havosida ham nimadir bor. Yon tomonda turib, huddi inqirozga qaror qabul qilgan odamday bularni kuzatib turish maroqli.» – deb tushuntiradi rejisser. 1990 yillarda Yevropa kino festivallarida ishtirok eta boshlagan va tojik kinomatograf nomini olgan Markaziy Osiyodagi birinchi rijesserlardandir. Baxtiyor Xudoynazarov o‘zining debyut ishi bilan tez orada Tojikistonda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan fuqarolar urushidagi qo‘rquv haqida bashorat qila oldi. Ijodkorning eng yorqin filimlaridan biri “Oy dada” kino asaridir, bu esa yosh kino muallifni falsafiy izlanishlarida davom etishiga turtki bo‘ldi. 2012 yilda rejisser Orol dengizi fojiasi bag‘ishlangan "Dengizni kutib" ekologik dramasini suratga oldi. «Biz oramizdagi dengizni yo‘qotdik, endi cho‘l va dasht kabi qurib bormoqda. Endi esa u yerda shamollar faqatgina chang va sho‘r tuz bilan esadi»Rejisser 2015 yil vafot etdi va Berlinda dafn etildi.

Filmlar

"Kosh ba kosh"

Davomiyligi: 90 min

Yil: 1993

"Kosh ba kosh" – qadimgi zar o'yinida bu "yana va yana o‘ynalik" degan ma'noni anglatadi. Ibrohim kartada barcha mol-mulkini boy berdi. Qarzni olishga kelgan muttaxam zo‘rovonlar Ibrohimning qizini mulk toifasiga kiradi deb qaror qilishdi.