Haykaltaroshlikda, rassomlikdan farqli o'laroq, rassom o'z qahramonini yoki obyektini hajmli qilib yaratadi. Haykalni atrofida aylanib ko'rish mumkin. Haykalni yaratishda rassom uning o'lchami va u nimadan yasalishini aniqlab olishi kerak. Materialga qarab, haykal har xil texnologiyalar yordamida yaratiladi - daraxtda yoki toshda, marmarda rassom (haykaltarosh) keraksiz qismlarni kesib tashlaydi vs kerakli hajmni yaratadi; haykalni metall yoki gipsdan yasash uchun u eritib quyiladi; yumshoq materiallardan, masalan, plastilinadan yasalganda unga shakl berish mumkin; zamonaviy polimerik materiallardan yoki qog'ozdan - elim bilan yopishtish orqali va boshqalar. Haykal predmet yoki tirik jonzotni tasvirlashi mumkin, bu rassomning qaysi g'oyani yetkazmoqchi ekanligiga va obyektning qaysi xususiyatlariga tomoshabinni e'tiborini qaratmoqchi ekanligiga qarab haqiqiy yoki xayoliy hajmida, qisqartirilgan yoki aksincha, kattalashtirilgan holatda tasvirlashi mumkin. Misollar ko'ring - savollar orqali ishtirokchilar bilan tahlil qiling.
KlasOldenburg, OlmaYadrosi, 1992
Konstantin Brazkuzi, Uxlayotgan muza, 1910
Bizga quyidagilar kerak bo'ladi:
Keling boshlaymiz!
1. Haykal uchun biror predmetni tanlab oling va qog'ozga uni eskizini chizing
2. Hajmini aniqlang
3. Plyonkadan asosni yasaymiz, turli yasalgan qismlarni izolyatsion lenta bilan ulang, kerakli shaklni hosil qiling.
4. Keyin barcha asos qismlarni rangli keng yopishqoq lenta (skotch) bilan to'liq o'rab chiqing. Predmetni bir xil rangli qilishingiz mumkin yoki har xil ranglarni ishlatish mumkin.
5. Alohida qismlarni bir-biriga lenta (skotch) yordamida ulash mumkin.