Ko’rinmas aloqalar

Ko’rinmas aloqalar

Xabarni baham qiling

Bu dunyoda har birimizni nimadir bog’lab turadi. Biz bu aloqalarni ko’rmaymiz, lekin ular mavjudligini his qilamiz. Misol uchun, ona va bola yoki gul va uni sug’oradib unga g’amxo’rlik qiladigan qizaloq o’rtasidagi aloqa.

Ushbu aloqalarni ko’rishga tayyormisiz?

 

Bizga kerak bo’ladi:

  1. Qalin oq qog’oz
  2. Eski jurnallar yoki gazetalar
  3. Rangli ip
  4. Yelim
  5. Qaychi

 

Qani boshladik!

1. Siz uchun muhim bo’lgan narsa va u sizni boshqa odamlar yoki narsalar bilan qanday bog’lab turishi haqida o’ylang.

2. Ushbu narsalarni gazeta va jurnallardan toping.

 

3. Ularni gazeta yoki jurnaldan kesib oling.

4. Qog’ozni yarmiga, keyin yana yarmiga qatlang.

5. Tanlagan aloqalarni faqat tepadan (o’ngda va chapda) yopishtirish kerak

6. Qog’ozni pastki qismini shunday kesamizki, shu qog’ozni qatlaganda quti hosil bo’lsin.

 

7. Chizmalarda kichik teshikchalar ochamiz

8. Ipni ulaganingizda, rasmalaringiz o’rtasida aloqa paydo bo’lganligini ko’rasiz.

 

Qilgan rasmlar orasidagi aloqalar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi!