Kollaj va Frottaj

Kollaj va Frottaj

Xabarni baham qiling

Biz turli xil fakturalardan foydalangan holda surat yaratdik va bu uslubni biz kollaj deb ataymiz. Texnika yordamida turli fakturalarni nushalab olishni esa – frottaj deb nomlaymiz.

Yuqorida, siz Maks Ernstning asarini ko‘rishingiz mumkin, bu tasvirni turli hil narsalarning (masalan, yog‘och bo‘lagi, tanga yuzasi yoki metall to‘r) bosma elementlarini aralashtirish natijasida olingan uydirma mavjudotlarning tasvirlari misolida ko‘rib chiqish mumkin.

Kollaj faktura, kollaj va frottaj nima o‘zi?

Faktura – bu huddi ob'ekt yuzasining ko‘rinishi, uni teginish bilan his qilish mumkin.

Kollaj – bu kombinatsiyalangan uslub, buning yordamida siz turli hil teksturalardan parchalar yaratishingiz mumkin.

Frottaj - bu ob'ektning qismi (ya'ni tekis sirt emas)ni nusxa ko‘chirish bilan foydalanib uzatish usuli.

Bizga kerak bo‘ladi:

•      A4 o‘lchamdagi qalin qog‘oz

•      Oddiy qalam

•      Rangli qalamlar

•      Rangli qog‘ozlar

•      Turli xil ko‘rinishlarga ega bo‘lgan qattiq buyumlar: ochilgan tolali yog‘och buyumlar, metall to‘r, tangalar, qirg‘ich, taroq yoki plastmassa bo‘laklari.

•      Qaychi

•      Elim tayoq

•      Eski gazetalar yoki jurnallar

•      Mato va charm buyumlari

 

Keling, ishni boshlaymiz!

1. Turli predmetlar yordamida yaratmoqchi bo‘lgan suratni tassuvur qiling. Hayolingizdagi tasvirni qalin oq qog‘ozga chizing.

2. Predmetning dag‘al yuzasiga rangli qog‘ozni qo‘ying va qog‘oz ortidagi tasvirni qog‘oz ustida oddiy qalam yordamida ma'lum bir qismni bo‘yashni boshlang. Shunda qog‘oz ortidagi predmetning yuzasi kog‘ozda kshrina boshlaydi.

3. Xuddi shu ishni boshqa predmetlarning sirtlarida ham bajaring.

4. Turli hil sirtlarning chizilgan rasmlari bilan bir nechta varaqlarda tasvirlarni  to‘plaganingizdan so‘ng, chizmalaringiz bilan bog‘liq bo‘lgan ba'zi shakllarni kesib chiqishni boshlang.

5. Keyin, elim bilan kesilgan shakllaringizni varaqqa yopishtirishni boshlang.

Siz kesib tashlagan shakillarni, "kollaj" sxemasi asosida foydalangan holda joylashtirib, yelimlashingiz zarur bo‘ladi.

6. Rangli qalamlardan foydalanib, rasmingizni asosiy ko‘rinishi tugatishingiz mumkin.

 

Siz bilan birgalikda rasmlarni nafaqat bo‘yoqlar va qalamlar bilan, balki notekis yuzalar yordamida ham yaratishingiz mumkinligini bilib oldik.