Bugun biz kontur chiziqlari yordamida atrofimizdagi dunyoni ko‘rishga urinib ko‘ramiz. Rassom Anya Jelud' o‘zining installyasiyalarida faqat narsa-buyumning konturlarini ya'ni ularning shakl konturlaridan foydalanadi. Installyasiya - bu san'atning bir turi bo‘lib, u badiiy shakl hisoblanadi. Unda asosiy rolni makon rassom tomonidan to‘plangan narsa-buyumlar va makon egallaydi. Tomoshabinlar installyasiyani nafaqat rasm sifatida ko‘rishlari mumkin balki, rassom yaratgan asarning "ichki qismini" tomosha qilishi mumkin.
Anya Jyolud', Baxtning elementar bo‘lmagan fazoviy chizmasi, 2007
Bizga kerak bo‘ladi:
• Yumshoq sim tarmog‘i
• karandash
• A4 o‘lchamdagi qog‘oz
• qaychi
• sim tarmoq uchun kesgich
Keling ishni boshlaymiz!
1. O‘zingizga zarar yetkazmaslik uchun sim tarmoqni diqqat bilan kuzating. Sim tarmoqni ko‘p ochib yubormang, ozroq ochishning o‘zi yetarli beladi. Sim tarmoqni qaychi yordamida kesishni imkoni yo‘q, kerak bo‘lsa, kattalardan sim tarmoqni ortiqcha qismini maxsus asbob bilan kesib yuborishda amaliy yordam so‘rang.
2. Xonangizni yoki siza yoqadigan yoki siz yaxshi biladigan boshqa xonalarni tasavvur qiling. Xayolingizda tanlab olgan xonaning ichidagi narsa-buyumlar shaklining tashqi qirra chiziqlarini, konturlarini oq qog‘ozga chizing.
3. Chizmaga ko‘ra, sim tarmoqni belgilangan yo‘nalishda bukib chiqamiz, sim tarmoqni chizmaga chizilgan tomonga bog‘lab olishingiz mumkin. Kattalardan sim tarmoqning ortiqcha qismini kesib yuborishini so‘raymiz. Simning ortiqcha qoldiqlarini zudlik bilan shu vaqtning o‘zida maxsus axlat qutisiga tashlaymiz.
4. Endi har xil jihozlarning qismlarini birlashtirib ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, qaysi xona sizda yaxshi chiqmoqda? Oshxona, hammom yoki yotoqxonani yaratishga qaror qilsangiz, jixozlar o‘zgaradimi?