#1 CCA Tashkent Newsletter

#1 CCA Tashkent Newsletter

Xabarni baham qiling

Toshkentdagi Zamonaviy san`at markazining axborot sahifasi CCA LAB’ning yosh jodkorlari mutaxasissliklararo tadqiqot guruhi hamkorligida yaratilgan. Axborot sahifasining ma`lumotlarini 2020 yilning aprel oyidan nashr etishni boshlaymiz va bir vaqtning o`zida "Toshkent Film Encounters" dasturiga kiritilgan T(F)E Markaziy Osiyo filmlari to`plamidagi asarlarning onlayn namoyishi boshlanganligini ma`lum qilamiz. Mazkur filmlar xalqaro miqyosda tan olingan mashxur mualliflar tomonidan yaratilgan. Ammo, bizning fikrimizcha, ushbu filmlarga Markaziy Osiyo mintaqaning o`zida etarli darajada e'tibor berilmagan.

Onlayn namoyish dasturini 1999 yilda tasvirga olingan o`zbek rejissyori Yusup Razikovning "Voiz" ("Orator") filmi boshlab beradi. Ushbu filmda 1920-1930-yillardagi O`zbekiston tarixiga yangicha nazar bilan qarash orqali mamlakatda Sovet hokimiyati qanday barpo etilgani, oila instituti qanday qayta ko`rib chiqilgani va ayollar ta`limi qanday o'zgarganligi haqida hikoya qilinadi.

"Voiz" ("Оратор") filmiga musiqa 

Film uchun musiqani taniqli o'zbek bastakorlaridan biri Dmitriy Yanov-Yanovskiy yozgan. U film uchun kuy yaratib, Rossiya va Sharqiy Evropada an`anaviy O`rta Osiyo musiqasi va zamonaviy musiqaning postmodernizm tendentsiyalari uyg'unlashtirishga erishgan. Yanov-Yanovskiy o`z karerasini animatsion va badiiy filmlarning bastakori sifatida boshlab, "O`zbekfilm" kinostudiyasi uchun ko'plab ajoyib asarlar yaratgan. Misol uchun, Sergey Alibekovning “Ip” («Нить») nomli animatsion asari uchun ham ajoyib musiqiy sayqal bastalagan. Bastakorning veb-saytida siz orkestr va kino uchun yaratilgan boshqa asarlarni topishingiz mumkin.

Yangi Respublika Maks Penson arxivida

Maks Penson suratlari (1893-1959) o`tgan asrning 20-yillaridan 40-yillarigacha O'zbekistonning an`anaviy jamiyatdan zamonaviy Sovet respublikasiga o`tishi aks etgan eng yaxshi dalilidir. Uning asarlari dunyodagi ko'plab xalqaro ko`rgazmalarda, jumladan, Nyu-Yorkdagi zamonaviy san`at muzeylarida namoyish etilgan va mintaqaning ko'plab rejissyorlari va rassomlari uchun ilhom manbai bo`lib xizmat qilgan.

Sovet ayollar huquqlari jurnali

"Yangi yo'l" («Новый путь») - O`zbekistondagi Kommunistik partiyaning Ayollar bo`limi tomonidan yaratilgan o‘zbek jurnali bo`lib, u 1925 yildan 1933 yilgacha O`zbekistonda nashr etilgan. Jurnalning asosiy maqsadi mamlakat ayollariga yangi imkoniyatlardan foydalangan holda, hayot tarzlarini yaxshilanishi mumkinligini tushuntirish, savodxonlikni o`rgatish, qizlarini maktablarga yuborish, uydan tashqarida ishlash va Sovet qonunlariga muvofiq ularning huquqlarini o`rnatishdan iborat bo`lgan.

Ozodlik tarixi

Indiana universiteti professori Marianna Kamp (Markaziy Evrosiyo bo'limi) O`zbekistondagi ayollariga oid masalalar tarixi bilan shug'ullanadi. Uning tadqiqotlari xalqaro gumanitar muhitda deb tan olingan. Uning asarlarini o`qish O`zbekistondagi zamonaviy ayollar uchun noyob tajriba bo`lishi mumkin. Jamiyatdagi o`zgarishlar va arxiv ishlarining guvohlari bilan bo'lgan qiziqarli intervyularidan foydalanib, u o`z asarlarida XX asrda o`zbek jamiyatida yuz bergan tub o`zgarishlarni qayta ko`rib chiqmoqda va tahlil qilmoqda. “Pilgrimage and Performance: Uzbek Women and the Imagining of Uzbekistan in the 1920s” kitobi quyidagi havolada mavjud.  “The New Woman in Uzbekistan: Islam, Modernity, and Unveiling under Communism” kitobi quyidagi havolada mavjud. 

Mustaqillik ovozi

"Taqdir bilan uchrashuv" («Свидание с судьбой») - mustaqil Hindistonning birinchi Bosh vaziri Javoharlar Neruning hind xalqi mustaqillikka erishgan tarixiy kunda so`zlagan nutqi. 1947 yil 14-avgust kuni yarim tunda, davlat rahbari mamlakat mustaqilligi yaqinlashib kelayotganini mamlakatning tarixiy buruilishi amalga oshirishini e`lon qildi. Ushbu nutq XX asr tarixidagi asosiy nutqlardan biri hisoblanadi. Nerrining tantanali chiqishi Hindiston mustaqilligining timsoli va eng yuqori cho`qqisidir.